“Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida tibbiyot muassasalari o‘rtasida keng qamrovli sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday musobaqalarning tuman bosqichi Ko`kdala tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritib kelayotgan tibbiyot xodimlari o`rtasida tashkil etildi. Unda ko`kdalik tibbiyot xodimlaridan tuzilgan jamoalar sportning voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi va mini futbol turlari bo`yicha sinovdan o`tkazildi.
💥 Har bir yo‘nalishda eng kuchlilar saralandi va g‘oliblar munosib taqdirlandi. Sovrindorlarga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqalar adolatli o‘tishida Bolalar va o‘smirlar sport maktabi hakamlari muhim o‘rin tutdi.
💬 Bu sport musobaqalari nafaqat musobaqa, balki jamoaviylik, sog‘lom turmush tarzi va birlik namoyishi bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati




