Yangiliklar

“Salomatlik marafoni” doirasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom hayot kechirish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasi ishchi-xizmatchilari ishtirokida “5000 qadam” marafoni tashkil etildi.

🚶‍♂️ Marafon davomida tibbiyot birlashmasi xodimlari Yettitom shaharchasi bo‘ylab 5000 qadamni jamoaviy tarzda bosib o‘tib, sog‘lom turmush tarzini o‘zlari namuna sifatida targ‘ib qildilar.

💚 Jismoniy faollik — salomatlikni mustahkamlashning eng samarali va oddiy vositalaridan biridir. Bunday tadbirlar aholida harakatchanlikni oshirish, sog‘lom odatlarni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qiladi.

Sog‘lom hayot — harakatdan boshlanadi! 🌿