Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida Ko‘kdala tumanining «Xushayli» mahallasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ushbu mahalla geografik joylashuvi jihatidan «qizil» toifadagi olis va chegara hududlardan biri hisoblanadi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida 180 nafar mahalla aholisi ishtirok etdi. Yetuk shifokorlar va soha mutaxassislari tomonidan fuqarolar chuqur tekshiruvlardan o‘tkazildi. Natijada 78 nafar fuqaroda turli xil kasalliklar aniqlanib, ularga tibbiy tavsiyalar berildi.
Shulardan 30 nafari ambulator davolanish uchun yo‘naltirilib, muayyan davolovchi terapiyalar tavsiya etildi. 8 nafar fuqaro esa stasionar davolanishga muhtoj deb topilib, ular Ko‘kdala tuman tibbiyot birlashmasi va Respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga davolanish uchun yuborildi. Jarayonda 40 nafar fuqaroga dori-darmonlar bepul yetkazildi.

