Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Chiyal bo‘limi faoliyati yuzasidan bildirilgan da’volar va savollar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

📌 Sog‘liqni saqlash tizimida oshkoralik, qonuniylik va xolislik tamoyillariga qat’iy amal qilinadi. Bu borada bildirilgan har bir fikr, tanqid va murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi.

🔹 Jumladan, 2023–2025 yillar davomida Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasi faoliyati yuzasidan bir necha bor murojaatlar kelib tushgan.Ushbu murojaatda keltirilgan vajlarlar asosida Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 14 maydagi 01/1099-sonli xati asosida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

🟩 Mazkur xizmat tekshiruvining natijalariga ko‘ra, quyidagi asosiy xulosa chiqarilgan:

> “Ko‘kdala tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O.J. Shaimanovga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadga muvofiq emas”, — deyiladi rasmiy hujjatda (Hujjat kodi: XG73413090, IJRO.GOV.UZ tizimi orqali tasdiqlangan).

🔍 Shu o‘rinda yana bir bor ta’kidlaymizki:

Tibbiy xodimlarning malaka darajasi, lavozimiy tayinlovlar va yer maydonlarining huquqiy maqomi — tegishli vakolatli organlar tomonidan qonuniy tartibda o‘rganilib tegishli xulosalar berilgan.

👉 Mas’ul tashkilot sifatida biz barcha masalalarning qonuniy va asosli yechimi tarafdorimiz. Yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarga asoslangan e’tirozlar esa ijtimoiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishini eslatib o‘tmoqchimiz.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mabuot xizmati