✅ Avval xabar berganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatiga korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standarti (ISO 37001:2016) muvofiqlik sertifikati topshirildi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib bu standartning yangilangan versiyasi — ISO 37001:2025ni ham qo‘lga kiritdi.
📝 Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda ta’kidlanganidek, “Huquqiy eksperiment” doirasida vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan joriy yilda quyidagilar amalga oshirildi:
📶 tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki idoraviy mexanizmlar kuchaytirilib, vazirlikning 5 ta sohaviy buyrug‘i va 14 ta ichki hujjati qabul qilindi;
🧑💻 ilk marotaba 14 ta hududiy boshqarma va 63 ta tizim tashkilotida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etilib, to‘g‘ridan to‘g‘ri vazirga bo‘ysunuvi hamda hisobdorligi belgilandi;
🖥 vazir va hududiy boshqarma boshliqlarining xodimlar hamda jamoatchilik uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaatnomasi e’lon qilindi;
📎Toshkent davlat tibbiyot universiteti va boshqa ta’lim muassasalarida talaba hamda tibbiyot xodimlari uchun “Tibbiyotda korrupsiyaning oldini olish” nomli maxsus fan tashkil etildi. Uning doirasida o‘tgan davrda 2 700 nafar bakalavr, 870 nafar magistr hamda 1856 nafar oliy ma’lumotli shifokor, 13 804 nafar o‘rta tibbiyot xodimi o‘qitildi;
⌛️ tizim tibbiyot muassasalarida 52 ming nafardan ortiq xodimni qamrab olgan seminar-treninglar tashkil etildi;
📉 vazirlik tizimida iqtisodiy yo‘nalishda aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi (nepotizm) holatlari tahlil qilinib, jami 567 ta holatda 206 nafar xodim ishdan bo‘shatildi va 364 nafari rotatsiya qilindi;
✔️ budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi hamda korrupsiya tahdidlarini barvaqt aniqlash va uning oldini olish maqsadida yangi preventiv tizim – “Situatsion markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
💻 Natijada 9,7 mlrd. so‘mlik mablag‘lar ortiqcha rejalashtirilishining oldi olindi va 247 mlrd. so‘mlik mablag‘ maqbullashtirildi;
📌 davlat xaridlarida tibbiy jihozlarning kafolat majburiyatini kuzatib borish yo‘lga qo‘yilib, ish va xizmat narxlari tasdiqlandi;
💬 korrupsiya haqida tezkor xabar beruvchi “1203” qisqa raqamli “Call-markaz” 24/7 rejimida ishga tushirildi. Joriy yilning 11 oyi davomida 500 dan ortiq murojaat kelib tushdi;
‼️ tibbiy xizmat sifati va aholi bilan muloqotni baholash uchun “sirli mijoz” instituti joriy etildi;
🔗 noyabr-dekabr vazirlik va uning tizim tashkilotlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilinib, buning doirasida 700 dan ortiq huquqiy-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi;
🛡 hududlarda 235 ta “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri uyushtirilib, 20 ming nafardan ortiq jamoatchilik vakillari ishtirokida 335 ta “Ochiq muloqot” shaklidagi muhokamalar, davra suhbatlari tashkil etildi.
⚙️ Tadbirda ushbu xalqaro sertifikat xalq oldidagi mas’uliyatni yanada oshirishga xizmat qilishi, qolaversa, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish har bir xodim zimmasidagi burch ekanligi alohida ta’kidlandi.
💻Shuningdek, tadbir ishtirokchilari vazirlik tomonidan sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
📜 Yakunda o‘z vazifasini sadoqat va fidoyilik bilan bajarib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga tashakkurno malar topshirildi.




Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

