Yangiliklar

«Tibbiyot xodimlarining odob-axloq kodeksi»ga asosan, shifokor tomonidan fuqaroning tibbiy yordam so’rab murojaat qilgani, uning sog’ligi holati, kasalligiga qo’yilgan tashxis, tekshirish va davolash davomida olingan barcha ma’lumotlar sir saqlanishi zarur.

Bemorga taalluqli bo’lgan ma’lumotlarni uning yoki qonuniy vakili hisoblangan shaxslarning roziligisiz oshkor qilish (prokuratura, dastlabki tergov-surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatlarini amalga oshiruvchi organlar hamda sud idoralari so’rovlari bundan mustasno) taqiqlanadi.

Tibbiyot xodimi har qanday sharoitda O’zbekistan Respublikasi qonunlariga, axloqiy qoidalarga zid ravishda harakat qilishni rad etishi va kasbiy burch tamoyillariga sodiq qolishi lozim.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.