Yangiliklar

Tuman tashkil etilgan ilk kunlardan boshlab, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi uchun qulay va sifatli xizmatlar yaratish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Natijada infratuzilma tizimi bosqichma-bosqich takomillashib, zamonaviy talablar darajasiga olib chiqilmoqda.

Ana shu izchil sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida tuman markazi — Yettitom shaharchasida 66 o‘rinli, zamonaviy tug‘ruqxona majmuasi barpo etildi.

Mazkur tibbiyot muassasasi ilg‘or tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, unda ona va bola salomatligini ishonchli muhofaza qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, mazkur muhim ijtimoiy tadbir bilan tuman aholisini samimiy muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, ushbu tug‘ruqxona hududda tibbiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.